Olmaotada «Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» xalqaro forumi ish boshladi

Bugun Olmaotada «Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» mavzuidagi xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi. Bu haqida AKT vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Forum bosh mavzusi zamonaviy trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.
Forumda MDH davlatlarining hukumat rahbarlari hamda mas’ul idora va tashkilotlar, shuningdek, biznes va jamoatchilik vakillari ishtirok etadilar. Forumga AKT sohasining raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetakchi hisoblangan xalqaro ekspertlar taklif qilingan.
Forum dasturi bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
«Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» xalqaro forumida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter