Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy Majlis deputati blogerga qo‘yilgan ayblovga shubha qilmoqda

Oliy Majlis deputati blogerga qo‘yilgan ayblovga shubha qilmoqda

Bloger Otabek (Abdufatto) Nuritdinov 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergandik. Andijon viloyat ma’muriy sudi uni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikka oid huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topgandi.

Voqea ijtimoiy tarmoqlarni portlatmoqda, turli fikrlar yangramoqda. Xususan, Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev o‘z telegram kanalida quyidagicha munosabat bildirdi:

«Otabek Nuriddinovni bilmas ekanman, kecha o‘qib eshitdim. Holatdan to‘liq xabardor bo‘lmasam ham, biroq sud, IIB va boshqa organlarning yashin tezligida fuqaroni axborot tarqatgani va o‘z fikrlarini bayon qilgani uchun jazolashga erishgani qandaydir buyurtma bajargandek taassurot qoldiryapti. Axborot yaxshimi yomonmi bu fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlariga doir masala va bunda shoshma-shosharlik bilan hukm chiqarish to‘g‘rimas.

Men ham bu insonga oid ishlarning to‘liq ochiq, xolis holda jamoatchilikka asoslangan tushuntirish berilishini talab qilaman».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring