Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi (foto)

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 29 mart kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

30 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Vengriya davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring