Olimlar «onalik instinkti» miyaning qayerida joylashganini topishdi
Luiziana universiteti (AQSh) olimlari onalik fe’l-atvoriga ta’sir o‘tkazuvchi miyadagi «uchastka»ni topishdi. Ta’kidlanmoqdaki, miyada bunaqa joy faqat ayol jinsiga mansublarda bo‘ladi. Ushbu xabarni «Naked Science» jurnali kecha, 26-iyul kuni berdi.
Tajriba sichqonlarda o‘tkazildi. Urg‘ochi sichqonlarning miyasida oksitotsin gormoni qatnashganda faollashadigan hujayralar borligi aniqlandi. Shuningdek «sevgi gormoni» ham deya ataluvchi bu gormon onalik instinkti uchun ham javob beradi. Erkak sichqonlarda oksitotsin bilan reaksiyaga kirishuvchi hujayralar mavjud emas.
Aynan shu hujayra onalik instinktiga mas’ulligiga yana bir dalil shuki, u ayollar jinsiy gormoni estrogen mavjud bo‘lgandagina oksitotsin bilan reaksiyaga kirishadi.
Tadqiqotchilar barcha sut emizuvchilar, xususan, insonning miyasi ham taxminan shunday xususiyatga ega degan to‘xtamga kelishdi.
Ushbu tadqiqot orqali amerikalik olimlar tug‘uruqdan keyingi depressiya (yosh onalarning 10 foizidan 20 foizigacha bundan aziyat chekadi)ni davolash bo‘yicha yangi usullarni topishga ko‘maklashishmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter