Odam uch bosqichda qariydi — olimlar
Stenford universiteti olimlari inson qarishi uch bosqichda sodir bo‘lishini aniqladilar, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Mutaxassislar 18 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan 4263 kishining qon plazmasi oqsillarini tahlil qilishdi va yoshga qarab ularda o‘zgarishlar kuzatilishiga guvoh bo‘lishdi.
Tadqiqotchilar qon plazmasidagi oqsillarning asosiy o‘zgarishlari shartli ravishda uch bosqichda: 34, 60 va 78 yoshda sodir bo‘ladi, degan to‘xtamga kelishdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu yechim yoshga bog‘liq kasalliklarga qarshi yanada samarali kurashish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter