Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbat dron kemalarga. Ular okeanni monitoring qiladi

Navbat dron kemalarga. Ular okeanni monitoring qiladi

Foto: «Bluebird-electric.net»

Britaniyaning «Autonaut» startapi okeanni monitoring qilish maqsadida dengizchilarsiz boshqariladigan qayiq yaratdi. «Dengiz sanitari» nomini olgan loyiha to‘lqinlar energiyasi hisobiga ishlaydi, datchiklari esa quyoshdan quvvat oladi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Dengiz va okeanlarning monitoringi insoniyat uchun juda muhim hisoblanadi. Biroq yoqilg‘i sarfi insonlar uchun ushbu masalani mushkullashtirib kelardi. «Autonaut» loyihasi sabab olimlar ekologik toza mahsulotni yaratdi. U minimal sarf-xarajatlar evaziga okeanning eng chekka nuqtalariga qadar yetib borishga qodir.

Dron qayiqlar dengiz to‘lqinlari hisobiga hosil bo‘ladigan energiya natijasida harakatlanadi. Qayiq o‘z tezligini soatiga 5,5 kilometrga qadar chiqara oladi, shuningdek, u to‘fonli sharoitlarda ham suzishga qodirligi aytilmoqda.

Mazkur loyiha to‘lqinli dvigatellarning tijorat maqsadida ilk bor qo‘llanilishi. U shu qadar shovqinsizki, hatto delfinlarning «suhbati»ni aniqlashga ham to‘sqinlik qilmaydi. «Autonaut» eng zamonaviy datchiklar yordamida ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldosh orqali real vaqt rejimida uzatishga qodir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring