Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamning bo‘yi necha yoshgacha o‘sadi?

Odamning bo‘yi necha yoshgacha o‘sadi?

Foto: «Victorygirlsblog.com»

O‘sish bilan bog‘liq hamma narsa – individual ko‘rsatgich. Yigitlar o‘rtacha 25 – 27 yoshgacha o‘sishda davom etadi, 14 – 16 yoshda esa avjiga chiqadi. Odamning bo‘yi uning irsiyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, kun tartibi, oziq-ovqat, psixoemotsional holat va gormonal fon ham ta’sir ko‘rsatadi. 80 foiz o‘sish gormoni tunda ishlab chiqarilishi isbotlangan. Shu bois uyquga to‘ymaydigan bolalar tengdoshlariga qaraganda kichikroq bo‘ladi. Mutaxassislar bo‘y o‘stirish uchun trenajyorlardan foydalanish, har kuni umurtqani cho‘zuvchi jismoniy mashqlarni bajarish, balanslangan ovqatlanish va ozuqaviy biologik qo‘shimchalarni qabul qilishni maslahat berishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring