«Odam-amfibiya» bosh qahramoni koronavirusdan vafot etdi

«Odam-amfibiya» filmida bosh qahramonni (Ixtiandr) o‘ynagan aktyor Vladimir Korenev koronavirusdan vafot etdi. San’atkorning vafoti haqida uning qizi Irina Koreneva ma’lum qilgan.
Vladimir Korenev 81 yoshda edi.
Aktyor, shuningdek, «Olis yulduzdan kelgan nur», «Don-Kixot bolalari», «Vatan o‘g‘lonlari», «Jahannamga yo‘l» kabi filmlardagi rollari bilan tanilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter