Kim Chen Inga qarshi dahshatli rejalar oshkor qilindi
Amerikaning Daily Beast nashri Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni yo‘q qilish bo‘yicha bir qancha rejalar ishlab chiqilganini haqida xabar berdi. Iddaoga ko‘ra, ulardan kamida bittasi Janubiy Koreya razvedkasi tomonidan moliyalashtirilgan.
Xususan, 2017-yilda Shimoliy Koreya hukumatini ag‘darish rejasi bor edi. Bu rejani Janubiy Koreya razvedkasi va o‘sha vaqtdagi prezident Pak Kin Xe qo‘llab-quvvatlagan. Biroq, o‘sha yili Mun Chje In hokimiyatga keldi, yangi rahbar Pxenyan bilan munosabatlarni tiklash istagi tufayli rejani moliyalashtirishni to‘xtatdi.
Ushbu rejaga ko‘ra, agentlar operatsiyani amalga oshirish uchun Xabarovskda qurol sotib olishlari kerak edi.
Bundan tashqari, rejalardan biri Kim Chen Inning Vladivostokga tashrifi chog‘ida yo‘q qilinishini nazarda tutgan. Biroq Shimoliy Koreya razvedkasi bu rejalardan xabar topgan va safarni bekor qilgan.
Ta’kidlash joizki, Mun Chje In hokimiyatdan ketgach, ayni damda Shimol va Janub aloqalari keskin yomonlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter