Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Isroil Eron rahbarining muhim maslahatchilarini o‘ldirdi

OAV: Isroil Eron rahbarining muhim maslahatchilarini o‘ldirdi

Isroilning Eronga yo‘llangan aviazarbalarida oliy rahnamo Ali Xomanaiyning harbiy va xavfsizlik bo‘yicha yuqori maslahatchilari halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi beshta manbaga asoslanib xabar berdi.

Mudofaa va ichki barqarorlikdagi noto‘g‘ri hisob-kitoblar xavfi endi Eron uchun o‘ta xatarlidir, deydi manbalardan biri. 

Isroil hujumi boshlangan 13 iyundan buyon isroillik harbiylar Eronning bir necha yuqori martabali qo‘mondoni, jumladan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy va aerokosmik kuchlar rahbari Amir Ali Hojizodani o‘ldirdi. 

Reuters manbalariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Ali Xomanaiyning 15-20 ga yaqin maslahatchisi bor. Hozircha uning siyosiy, iqtisodiy va diplomatik masalalar bo‘yicha bosh maslahatchilari qolmoqda. Oliy rahbar sifatida u qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni hisoblanadi va urush e’lon qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, u muhim masalalarni hal qilishda maslahatchilarini tez-tez tinglaydi, dedi agentlik manbalari. 

Reuters va Axios manbalariga tayanib yozganidek, Isroil operatsiyasi davomida Ali Xomanaiyni yo‘q qilish rejasi ham muhokama qilingag. Biroq, OAV xabarlariga ko‘ra, Donald Tramp bu rejaga qarshi chiqqan va veto qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring