«OAV faol ishlayapti» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilish davomida davlat telekanallarini tanqid qilib o‘tdi.
«So‘nggi yillarda, so‘z erkinligi ommaviy axborot vositalari ham ancha rivojlandi. Oldin markaziy telekanallardan boshqa nima bor edi? Hech narsa. Hozir «Xalqaro press-klub», qator xususiy telekanallar, saytlar ochildi.
Shaxsan o‘zim OAVda chiqqan takliflarni muntazam kuzatib boryapman. Davlat televideniyesida ko‘p narsa yo‘q.
Xususiy OAV, telekanallar faol ishlayapti. Xalqimizning erkin fikri, yaxshi takliflarini oshkora berishyapti. Bu ham ochiqlik sari qilgan harakatlarimiz belgisi, bu islohotlarda davom etamiz», — dedi davlatimiz rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter