Nurdag‘i shahri to‘liq buzilib, qaytadan quriladi

Turkiyaning G‘oziantep viloyatida joylashgan Nurdag‘i shahri to‘liq buzib tashlanadi. Bu haqda viloyat hokimi v.b. Usmon Bilginga asoslanib NTV telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shahardagi so‘nggi 8 ta uyda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.
«Biz shaharsozlik vaziri bilan bir to‘xtamga keldik: vayronalarni, umuman, shaharni 100 foiz to‘liq buzib tashlaymiz. Shahardagi birgina uyning vayronalari ostida 150 jasadni topdik. Shahar to‘liq qaytadan quriladi», — dedi hokim.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaga qadar Nurdag‘ida 17 ming kishi yashagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter