Nukusda DXXga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Nukusda fuqaroni DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi, 1983-y.t. K.J. aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 11 ming AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ulardan jami 65 ming AQSh dollari olganligi ham aniqlandi.
Ta’kidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter