Novosibirskda mikroavtobus YTHga uchradi, 7 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 18-avgust kuni Novosibirsk viloyatida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Unda bir kishi vafot etgan, haydovchi va mikroavtobusning 8 ta yo‘lovchisi, jumladan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan.
Barcha jarohatlanganlar Novosibirsk viloyati Karasuk shahar markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter