Yana bir turdagi ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til uzaytirildi
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifi maxsus komissiya tomonidan ma’qullandi.
Shu munosabat bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarida 2022 yil 24 yanvarga qadar o‘quv jarayoni tashkil qilinmaydi.
Shuningdek ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiqligi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter