Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlanishi bilanoq poytaxtga qaytmadi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlanishi bilanoq poytaxtga qaytmadi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlangani xabari berilgandi. Qonunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi (O‘zbekistonning boshqa sub’yektlari prokurorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri Bosh prokuror buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi).

Demak, mahkama rahbari mazkur tayinlov jarayonida bevosita qatnashishi ma’lum. Shunday bo‘ldi ham, biroq Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlovdan so‘ng darhol poytaxtga shoshilmadi. Balki, respublikaning chekka hududi hisbolanmish Mo‘ynoqqa borib, islohotlar qanday kechayotgani bilan tanishdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura tashabbusi bilan Mo‘ynoqda barcha qulayliklarga ega avtoshohbekat barpo etilgandi.  Mahkama rahbari o‘zining ham mehnati singgan mazkur joyda bo‘ldi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida 20 nafar o‘quvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega «Future Muynak» axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rgatish markazi, 40 nafar kitobxonlarga xizmat ko‘rsataoladigan «Book cafe» faoliyatini ham o‘rgandi. Tanishuv jarayonida asosiy e’tibor mazkur ob’yektlar faoliyati bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimiga qaratildi.

Darvoqe, N.Yo‘ldoshev Mo‘ynoqqa quruq bilan bormagan ekan: «Book cafe» faoliyati bilan tanishgach, uning fondiga 1100 dona turli mavzularga oid kitoblarni sovg‘a qildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, axborot texnologiyalarini jamiyat hayotiga keng tatbiq etish bilan bog‘liq masalalarda fikr almashish bilinagina cheklanilmadi. O‘qituvchilar universitetning Nukus filialida Mo‘ynoq yoshlari uchun 20 ta kvota ajratish va ularni imtihonsiz o‘qishga qabul qilish taklifini ilgari surdilar.

Takliflar mutasaddilarga yetkazildi va ijrosi nazoratga olindi.

Hududida barpo etilgan 75-o‘rinli bolalar bog‘chasi, unda yaratilgan sharoitlar alohida e’tirofga loyiq. Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi poytaxtdagi ancha-muncha bog‘chalar bilan bemalol bellashgudek. Biroq u yerga olib boruvchi yo‘l umumiy manzaraga soya solayotgani e’tiboridan Bosh qonun posboni (yo‘l va uning) atroflarini obodonlashtirish masalasini ko‘tardi va shu joyning o‘zida kerakli chora-tadbirlar belgilandi. Va shu kunning o‘zidayoq ishlar boshlab yuborildi.

Hududda qad rostlayotgan mashiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, zamonaviy innovatsion telemeditsina markazi, Shoirlar xiyoboni, Hakim ota Sulaymon Baqirg‘oniy majmuasi, gilam ishlab chiqarish korxonalari qurilishi bilan bog‘liq muammolar yo‘q emas ekan. Yuzaga kelgan ayrim muammoli masalalar joyida bartaraf etildi.

Xususan, Hakim ota Sulaymon Baqirg‘oniy majmuasi  loyihasiga kiritilgan o‘zgartirishlar Madaniyat vazirligi huzuridagi «Meros Chashmasi» DUK tomonidan tasdiqlanmayotganligi oqibatida moliyalashtirish kechikayotgani qurilish ishlariga tushov bo‘layotgani aytildi. Mazkur murojaat zudlik bilan tegishli vazirliklar bilan ko‘rib chiqilishi tashkil etildi. Muammoga yechim ko‘pga cho‘zilmadi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mazkur majmua ziyorati jarayonida ulug‘ ajdodimiz ruhiga Qur’on tilovat qilib, yuzlarga fotiha tortilgach, Bosh prokurorning ikki kunlik safari qarib, poytaxtga yo‘l oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring