Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyadagi maktab yarmarkasida 35 nafar bola halok bo‘ldi

Nigeriyadagi maktab yarmarkasida 35 nafar bola halok bo‘ldi

Foto: Anadolu Ajansı

Nigeriyaning Ibadan shahridagi maktab yarmarkasida yuzaga kelgan tiqilinchda 35 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi Punch.

Tadbir o‘tkazilayotgan joyga hamma asosiy darvozadan kirishga uringan. Qolaversa, 5 ming nafar bolaga mo‘ljallangan yarmarkaga 7 mingdan ortiq bola kelgan.

Baxtsiz hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochgan Oyo shtati politsiyasi tadbirning asosiy tashkilotchilarini hibsga oldi.

Nigeriya prezidenti Bola Tinubu halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, shtat hukumatini ommaviy tadbirlar o‘tkazishda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring