«Boko Haram» terrorchi guruhi uyushtirgan bombali hujumi oqibatida 5 harbiy halok bo‘ldi
Nigeriya shimoli-g‘arbidagi «Boko Haram» terrorchi guruhi uyushtirgan bombali hujumi oqibatida 5 harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Nigeriya qurolli kuchlari qo‘mondoni Texas Chukuning aytishicha, terrorchi guruh Borno shahriga qarashli Bita qishlog‘idagi harbiy qismga hujum uyushtirgan. Buning oqibatida 5 harbiy halok bo‘lgan. Ko‘plab askarlar yaralangan.
Qurolli to‘qnashuvda, shuningdek, ko‘plab jangarilar yo‘q qilingan.
«Boko Haram» Nigeriyada 2000-yildan beri faoliyat olib boradi. 2009-yili guruh yetakchisi Muhammad Yusuf yo‘q qilinganidan so‘ng jangarilar yana jonlandi.
Mamlakatda terror tufayli yuz minglab kishilar xavfsiz joylarga ko‘chishga majbur bo‘layapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter