Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar qaytdi. Braziliya Xorvatiyani mag‘lub etdi

Neymar qaytdi. Braziliya Xorvatiyani mag‘lub etdi

Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari Angliyada o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etishdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida jamoalar maydonni golsiz tark etdilar. Ikkinchi bo‘limda Braziliya terma jamoasi ustozi maydonga jarohatini davolab safga qaytgan Neymarni maydonga tushirdi. Aynan u o‘yinda hisobni ochdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida zahiradan tushirilgan yana bir futbolchi – Roberto Firmino hisobni yiriklashtirdi.

Braziliya – Xorvatiya 2:0

Gollar: 1:0 – 69 Neymar. 2:0 - 90 Firmino.

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo (Filipe Luis, 60), Danilo, Miranda (Markinos, 65), Fernandino (Neymar, 46), Kazemiro, Villian (Fred, 82), Paulino, Koutino (Tayson, 82), Gabriel Jezus (Firmino, 60).

Xorvatiya – Subashich, Lovren, Vida, Vrsalko (Yedvay, 87), Chorluka (Chaleta-Sar, 52), Modrich (Kovachich, 58), Rakitich (Bradarich, 83), Perishich, Badel (Brozovich, 61), Rebich (Pyasa, 64), Kramarich.

Ogohlantirishlar: Kramarich (13), Perishich (38), Fernandino (40), Rakitich (78).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring