Nemis shifokorlari baliq bilan mukofotlanadigan bo‘lishdi
Niderlandiya nemis shifokorlariga koronavirusga chalingan gollandlarni davolagani uchun birinchi ovlagan seld balig‘i bilan minnatdorchilik bildirishmoqchi. Bu haqda «Deutsche Welle» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Niderlandiya baliq savdosi kengashi koronavirusni yuqtirgan gollandlarni davolagan germaniyalik shifokorlarga birinchi ovlagan seld balig‘ini sovg‘a qilmoqchi. Jumladan, gap chegaraga tutash Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlaridagi doktorlar haqida bormoqda. Aprel oyida virusni yuqtirgan gollandlarga joy yetmaganidan u yerga olib borilgandi. Pandemiya davrida Germaniya Niderlandiyadan jami 100 dan ortiq bemorni qabul qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, kengash o‘sha yerning sog‘liqni saqlash boshlig‘i Karl-Yozef Laumanga qariyb 4 mingta marinadlangan seld balig‘ini «mates» (maatjes) taom ko‘rinishida berishga qaror qildi. Niderlandiyada ushbu baliqni ovlash mavsumi iyunda boshlanadi. O‘tgan yili dastlabki baliq ovi auksionda katta daromad keltirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter