Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft qimmatlashmoqda: «Brent»ning bir barreli 85 dollarga chiqib ketdi

Neft qimmatlashmoqda: «Brent»ning bir barreli 85 dollarga chiqib ketdi

Foto: «Flickr»

Neft qimmatlashmoqda: kecha, 1-oktyabr kuni «Brent» markali neft to‘rt yil oldingi narxiga tenglashdi. Londondagi «ICE» birjasida «qora oltin»ning bir barreli 85 AQSh dollariga baholandi. Oxirgi marta bunday narx 2014-yilning 3-noyabrida qayd etilgandi, deya xabar bermoqda «Life».

Shu tariqa bir kun ichida neft bir dollardan ko‘proqqa qimmatlashdi.

Ekspertlar AQShning Eronga sanksiyalar joriy etishi arafasida neft qimmatlashayotganiga e’tiborimizni tortmoqda. Cheklovlar bu mamlakatdan neftni eksport qilishda muammolar tug‘dirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring