Neft narxining pasayishidan bitta mamlakat manfaatdor. Bu AQSh emas

Neftning bir barreli 30 dollar bo‘lib turgan sharoitda birgina qazib chiqaruvi rentabellikka erisha oladi — Saudiya Arabistoni. Vashington iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi direktorlaridan biri Din Beykerning aytishicha, hatto neft narxi shuncha past sharoitda ham saudiyalar foyda bilan chiqishi mumkin.
«Ehtimol, Rossiyadagi ayrim ishlab chiqaruvchilar foyda olishi mumkindir, biroq dunyoning boshqa nuqtalarida neftni qazib olish xarajatlari yuqori. Slanetsdan neft oluvchi AQSh kompaniyalari bir barrel 30 dollar bo‘lgan sharoitda ishlolmasligi aniq», — dedi Din Beyker.
Uning qo‘shimcha qilishicha, neftning barreli 45-50 dollar bo‘lgan taqdirda ham Qo‘shma Shtatlar foyda bilan chiqishi mushkul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter