Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Necha marta vaqtinchalik propiskaga qo‘yilgach, doimiy ro‘yxatga o‘tish mumkin?

Necha marta vaqtinchalik propiskaga qo‘yilgach, doimiy ro‘yxatga o‘tish mumkin?

Foto: «Nuz.uz»

Hozirgi kunda Toshkent shahrida propiskaga qo‘yish mavzusi shu qadar ommabop va muhokamaga boyki, bu haqda soatlab tortishish mumkin. Kimdir aslida propiska umuman kerakmas, desa, boshqa birov propiskaning afzalliklaridan va’z o‘qiydi.

Shuningdek, eng ko‘p uchraydigan «Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga bir necha marta vaqtinchalik propiskaga qo‘yilgach, doimiy ro‘yxatga o‘tish mumkinmi?», degan savolga ham oydinlik kiritildi.

Huquqshunos Mirzaahror Hasanovning ta’kidlashicha, propiska masalasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi. Demak, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida necha marta vaqtinchalik propiska qilinganidan qat’i nazar, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring