Navoiydagi bog‘chada o‘n nafar tarbiyalanuvchi zaharlangani aytilmoqda
Joriy yilning 10-sentyabr kuni «Navoiy viloyati Karmana tumani 6-sonli Maktabgacha ta’lim muassasasida ko‘p sonli bolalar ommaviy zaharlanibdi. Ovqat yoki suvdan zaharlanish bo‘lgani haqida taxminlar bor» nomli xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2022-yil 9-sentyabr kuni soat 17:00da Karmana tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 10 nafar voyaga yetmaganlar umumiy holsizlik, qusish va ich ketishi kabi klinik belgilar bilan yotqizilgan.
Ushbu belgilar bo‘yicha bemorlarga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limi tomonidan «oshqozon-ichak faoliyatini buzilishi» tashhisi qo‘yilib, ularning 9 nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli, kasalxonadan chiqarilgan. (1 nafar voyaga yetmaganga boshqa kasallik alomatlari o‘tkir resperator, yuqori nafas yo‘llarining shamollashi tashhisi bilan davolanmoqda)
Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter