Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Navoiyda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

15-yanvar, dushanba kuni soat 02:00 larda Navoiy shahridagi I.Karimov ko‘chasida fuqaro A.N. boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashina svetaforning ta’qiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtda, «Volkswagen ID6 crozz pro» rusumli transport vositasi haydovchisi O.N. avtomashinani boshqarib kelib, «Matiz»ning orqa qismiga to‘qnashgan.

Hodisa natijasida «Matiz» avtomashinasining orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchilar E.U. hamda O.G‘. lar olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vofot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring