Navoiyda qiyoslanmagan tibbiy uskunalar orqali bemorlarga tashxis qo‘yilgani aniqlandi
Navoiy shahrida qiyoslanmagan tibbiy uskunalardan va o‘lchash vositalaridan foydalanib bemorlarga tashxis qo‘yilib kelingani aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Inspeksiyaning Navoiy viloyati inspektorlari tomonidan Navoiy shahrida joylashgan «Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi-ko‘p tarmoqli shahar markaziy poliklinikasi» da davlat nazorati o‘tkazildi.
Birlashmaga tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalari davlat metrologik qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmasdan foydalanilayotganligi aniqlandi.
Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi, Qonunining 16, 20-moddalari talablariga amal qilinmagan.
Tekshiruv natijasida birlashma mas’uliga ma’muriy chora ko‘rildi. Birlashmaga 126 dona tibbiy uskunalardan va o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma chiqarildi.
Avvalroq Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot birlashmasida tekshiruv o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter