Navoiyda qanday muammolar bor? «Xabar.uz» tez orada bu viloyatga boradi
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ijodiy guruhi tez orada Navoiy viloyatiga safar qilib, viloyat va tuman (shahar)lar hokimliklari mutasaddilari bilan uchrashadi, viloyatda borayotgan o‘zgarishlarni ko‘zdan kechiradi, shu bilan birga, joylarda haligacha uchrayotgan kamchilik va muammolarni yaqindan o‘rganadi, tahririyatga kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga yechim topishga harakat qiladi.
Shu munosabat bilan o‘zingizni qiynayotgan masalalar, yechimini topmayotgan muammolar, Navoiydagi mutasaddi organlar va ularning rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan sansalorlik, noqonuniy xatti-hakaratlari (harakatsizligi) haqida [email protected] elektron manziliga, «Telegram» orqali @xabaruzofficial_admini ga yozib yuboring! Murojaatingiz aniq va puxta bo‘lsa, unda tilga olingan vajlarni asoslovchi hujjatlar, bu borada turli idoralar tomonidan berilgan javob xatlari (fotosurat va videofayllar ham bo‘lsa, nur ustiga nur) ilova qilinsa, ushbu masalani qisqa fursatda o‘rganilishiga zamin hozirlagan bo‘lasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter