Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda bolalarga iste’molga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

Navoiyda bolalarga iste’molga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishi tashkil etilishining holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida maktab va bog‘chalarda ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ovqatlanish sifati va boshqa muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar natijasida, ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish qoidalariga rioya qilinmayotgani aniqlandi. Xususan, ayrim tashkilotlarda go‘sht mahsulotlarining chorak qismi yaroqsiz holatda ekani qayd etildi.

O‘rganish ishlari  davom etmoqda, o‘rganish yakunlari va aniqlangan kamchiliklar  bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasman ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring