Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda ayol oilaviy janjal sabab erining umriga zomin bo‘ldi

Navoiyda ayol oilaviy janjal sabab erining umriga zomin bo‘ldi

Foto:«Tergov.uz»

Joriy yilning 3-aprel kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi G.N.(ismli ayol) o‘z uyida oilaviy janjal sabab mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i B.N.ning qorniga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada B.N. kasalxonaga yotqizilib, tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring