Navoiyda 7 gektar yerni 500 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro O.R. va «N.O.» fermer xo‘jaligi rahbari Yu.K. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali xo‘jalikning paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi yer maydonining 7 gektarini 500 mln so‘m evaziga bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun hokimlik qarorini chiqarib berishga kelishib, oldindan 1 000 AQSh dollari va 239,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan O.R. va Yu.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter