Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Navoiyazot»ning xavfli moddalaridan baliqlar nobud bo‘ldi

«Navoiyazot»ning xavfli moddalaridan baliqlar nobud bo‘ldi

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Atrof-muhitni muhofaza qilish, nabotot va hayvonot olamini himoya qilish faqat ekologlarning ishi, degan qarashni yo‘qotmas ekanmiz, ko‘ra-bila turib tabiatga ziyon yetkazish davom etaveradi. «Navoiyazot» AJ tomonidan qilingan noinsoflik harakatini boshqacha ta’riflab bo‘lmaydi, deyiladi Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismining 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olinganda azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan me’yorlardan yuqoriligi hamda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlangan. Bunga «Navoiyazot» AJga qarashli (1-tashlama) 267-quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgani sabab bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki o‘rganish-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi va bu ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring