Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 15 yoshli bolaning jasadi 3 kundan so‘ng topildi

Navoiyda 15 yoshli bolaning jasadi 3 kundan so‘ng topildi

Navoiy viloyatida Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan 15 yoshli bolaning jasadi 3 kundan so‘ng topildi. 

Viloyatning Karmana tumanida yashovchi 15 yoshli T.Sh. 2022 yilning 5 iyul kuni ikki nafar tengdoshi bilan qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosiga cho‘milishga borgan va cho‘kib ketgan.

Cho‘kib ketgan bolaning jasadi oradan uch kun o‘tib, 8 iyul kuni u cho‘milishga borgan joydan 1 kilometr uzoqlikdan topilgan.

Bolaning cho‘kib ketgani haqida viloyatning Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi guruhiga axborot kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga 16 nafar qutqaruvchidan iborat guruh tashkil etilib, jo‘natilgan.

Ayni paytda mazkur holat sabablari Ichki ishlar hamda prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring