Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbat «Twitter»ga: aksiyalar qiymati 20 foizga pasaydi

Navbat «Twitter»ga: aksiyalar qiymati 20 foizga pasaydi

Foto: «Hightech.fm»

«Life.ru» yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning tanqidi va kompaniya hisoboti natijalari e’lon qilinganidan so‘ng «Twitter» aksiyalari qiymati 20,54 foizga pasaydi. Bundan tashqari, kompaniya ikkinchi chorakda faol foydalanuvchilari soni 0,3 foizga yoki 1 million nafarga kamayganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Twitter» respublikachilar partiyasi taniqli a’zolarining yozishmalarini pinhona bloklab qo‘yayotganini Tramp 26-iyul qattiq tanqid ostiga olgan va bu «biryoqlama va noqonuniy faoliyat»ni o‘rganish niyati borligini bildirgandi.

Xuddi shunday holat «Facebook»da ham kuzatilgandi: 26-iyul kuni kompaniya aksiyalari qiymatsizlanishidan 130 mlrd. dollar, uning xo‘jayini Mark Sukerberg 17 mlrd. dollar yo‘qotganini xabar qilgandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring