Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATOni oktyabrdan Mark Ryutte boshqaradi

NATOni oktyabrdan Mark Ryutte boshqaradi

NATOning navbatdagi bosh kotibi Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bo‘ladi. Uning yagona raqibi, Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis o‘z nomzodini qaytarib olishi haqida alyans mamlakatlariga ma’lum qilgan.

Shunday qilib, Rutte vakolati oktyabr oyida tugaydigan amaldagi bosh kotib Yens Stoltenbergni almashtiradi.

Rasmiy tasdiq iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATOning navbatdagi sammitida e’lon qilinishicha qaramay, 20-iyun kuni Rutte nomzodi alyansning barcha 32 a’zosi tomonidan ma’qullandi.

Ayrim OAVlar 57 yoshli Rutte bu lavozimni Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan murakkab muhitda, shuningdek, Donald Tramp Oq uyga qaytsa, Ukrainani moliyalashtirishni qisqartirishi va AQShning rolini kamaytirishi mumkin bo‘lgan sharoitda egallayotganiga urg‘u bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Rutteda siyosatdan ketishini e’lon qilganidan keyingina Alyansning yuqori lavozimiga nomzod sifatida qatnashishi imkoni bo‘lgan.

O‘tgan yilning iyul oyida, hukmron koalitsiya parchalanganidan so‘ng, u hozircha muvaqqat hukumatni boshqarishda davom etishiga va’da bergan, biroq yana saylovda qatnashish niyatida emasligini bildirgan edi.

Rutte nomzodi Yevropa siyosatining eng yuqori pog‘onasidagi 14 yillik faoliyat, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash hisobiga NATOning aksariyat mamlakatlarida, jumladan, alyansning AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi asosiy a’zolarida ijobiy qabul qilindi.

Biroq dastlab uch davlat o‘z e’tirozlarini bildirgan: Turkiya, Vengriya va Ruminiya.

Ruttening aprel oyidagi Turkiya safaridan so‘ng rasmiy Anqara o‘z e’tirozlarini qaytarib oldi.

Vengriya bilan esa, 2021-yilda Rutte Niderlandiya Bosh vaziri ekanligida mamlakat hukumatini LGBT a’zolarini kamsituvchi qonunlar qabul qilganlikda ayblaganidan keyin, munosabatlari yomon edi.

Biroq 18 iyun kuni Niderlandiya bosh vaziri Vengriya hukumatidan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni talab qilmaslikka va’da berganidan keyin Budapesht o‘z e’tirozlarini qaytarib olishga rozi bo‘ldi.

Ruminiya esa mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis o‘z nomxodini qaytarib olganidan so‘ng Rutteni qo‘llab-quvvatlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring