Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO tanklari tovuq fermasiga hujum qilishdi

NATO tanklari tovuq fermasiga hujum qilishdi

Foto: «Newdaynews.ru»

Italiya shimolidagi harbiy mashg‘ulotlar paytida tank yanglishib tovuq fermasiga o‘q uzdi. Hodisa Pordenone provinsiyasida (Friuli-Venetsiya hududi) sodir bo‘lgan, deb yozadi Il Fatto Quotidiano nashri.

Ta’kidlanganidek, fermer xo‘jaligi o‘tgan chorshanba kuni mahalliy armiya poligonidan o‘qqa tutilgan. Ertalab ishga kelgan korxona egalari vayron bo‘lgan bino va o‘lib yotgan parrandalarga duch kelishgan.

Mahalliy prokuratura tergov harakatlarini boshlab yubordi. Tergovchilar harakatlarda qatnashgan to‘rtta tankni o‘rganishmoqda. Harbiy xizmatchilar tanklar nima uchun aholi turar joyi tomon o‘q uzganini, otishma joyi esa boshqa yo‘nalishda joylashganligini tushuntirishlariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring