«NASA» oyda yurgich loyihasini to‘xtatdi
AQSh kosmik agentligi (NASA) oyda yuruvchi «Resource Prospector» loyihasini to‘xtatdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Qurilma Oyning qutblarini, yo‘ldosh manbalarining xususiyatlarini, xususan, ichimlik suv yoki raketa uchun yonilg‘iga aylantirish mumkin deb hisoblanayotgan muzni o‘rganishi kutilayotgandi. Ushbu qurilmadan mutaxassislarning umidi katta edi.
Oydagi ekspeditsiyalar bo‘yicha mutaxassislar guruhi loyihaning yopilishi munosabati bilan «NASA» rahbari Jim Bridenstaynga norozilik xatini yuborishdi.
Markaziy Florida universiteti fiziki Fil Metsgerning aytishicha, dastlab qurilma insonni koinotga yuborish loyihasi doirasida moliyalashtirilayotgan edi. Keyin esa uni ilmiy missiyalar departamentiga topshirishgan. Olimning taxminicha, «Resource Prospector» ushbu bo‘linmaning budjetiga to‘g‘ri kelmagani sabab to‘xtatilgan.
«Resource Prospector» Oyga 2022 yilda chiqarilishi kutilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter