Namangandagi mayning ferma faoliyati qimmatga tushdi
Namangan tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Elatan» MFY hududidagi xonadonda yashovchi A.Q. o‘z uyida 4 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 938,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter