Namanganda «yo‘l terroristi» ushlandi
Namanganda 152 marta radarga tushgani uchun 410 mln jarima yozilgan soxta raqamli Hundai Sonata aniqlandi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Chust tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli Hundai Sonata rusumli, 01 T 234 ZA davlat raqami bilan jihozlangan transport vositasi hozirgacha 152 ta holatda tezlikni belgilangan me’yordan oshirgani aniqlangan. Barcha qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarimalar miqdori 410 mln so‘mga yetgan.
Qayd etilishicha, davlat raqam belgisi haqidagi ma’lumotlar tizimda mavjud emasligi bois sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarishning imkoniyati bo‘lmagan.
Oxir-oqibat ushlangan avtomashina jarima maydoniga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter