Namanganda «yashil hudud»li tumanlar soni 8 taga yetdi
![Namanganda «yashil hudud»li tumanlar soni 8 taga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3570354570.jpg)
Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning kun sayin sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilayotgani natijasida viloyat shahar va tumanlarining «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilishida ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Hozirda Namangan shahri, Namangan va Uychi tumanlari «qizil» toifada qolayotgan bo‘lsa, Norin tumani «yashil» toifaga kirgan.
Kosonsoy, Mingbuloq, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari esa «yashil» toifadagi hududlardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter