Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ruhiy nosog‘lom yigit 10 yoshli bolaga kuch ishlatdi

Namanganda ruhiy nosog‘lom yigit 10 yoshli bolaga kuch ishlatdi

Joriy yilning 30-avgust kuni soat 13:30 larda Namangan tumani Qirg‘izqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro hech bir sababsiz tumanning Bo‘ston mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi 5-sinf o‘quvchisini urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv ishlari davomida bolani kaltaklagan 24 yoshli yigit 2006-yildan buyon To‘rqo‘rg‘on tumaniga qarashli ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Hurmatli ota-onalar voyaga yetmagan farzandingizga e’tiborli bo‘ling. Ularni uyingizdan uzoq hududlarda yolg‘iz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymang!», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring