Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda bitta buyragini sotayotgan shaxs ushlandi

Namanganda bitta buyragini sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi shaxs andijonlik fuqaro bilan gaplashib, uning bir buyragini sotib berishga kelishgan. 

Kelishuvga ko‘ra, ular Tojikistonga borishi va o‘sha yerda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi mazkur shaxs buyrak evaziga 4 ming dollar berishini aytadi.

U fuqaroni qalbaki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqa hujjatlar bilan Toshkentga olib kelayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 133-1-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring