Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 28 yoshli hokim o‘rinbosari vafot etdi

Namanganda 28 yoshli hokim o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati Davlatobod tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan 28 yoshli Qayumov Abdurasul Qudrat o‘g‘li joriy yil 23-fevral kuni vafot etgan.

Uning vafotiga nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgani va u Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida vafot etgani ma’lum qilindi.

Abdurasul Qayumov 2022-yil 16-avgustdan buyon Davlatobod tuman hokimining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan.

Kayumov 1995-yil Namangan shahrida tug‘ilgan.  2018-yil Malayziya Limkopling ijodiy texnologiya universiteti (kunduzgi) tamomlagan. Hokimlikdagi vazifasiga qadar u Davlatobod tumani hokimligi Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring