Namangan qishloqlariga 4G internet kirib bormoqda (video)
COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) kompaniyasining asosiy maqsadi abonentlarni yuqori sifatli aloqa bilan ta’minlash. Xabar.uz ijodiy guruhi sizga Kompaniyaning hududiy filiallari haqida turkum videoreportajlarni taqdim qilib kelmoqda. Bu safar «Ucell-Namangan» tomon yo‘l oldik.
Bugungi kunda «Ucell-Namangan» mintaqaviy ofisi 856 mingdan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Har kuni front-ofislar 200-250 nafarga yaqin mijozlarni qabul qiladi.
«Hozirgi kunda viloyatda internet xizmatlari sifatini yaxshilash borasida ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha To‘raqo‘rg‘on tumani markazida, Kosonsoy tumanidagi qishloqda 4G internetini ishga tushirdik. Mahalliy aholi bundan o‘z minnatdorchiligini bildirishyapti. Albatta, bunday izhorlar katta kuch bag‘ishlaydi va biz faqat oldinga qarab intilamiz», — deydi «Ucell-Namangan» mintaqaviy bo‘limi direktori Davron Tojiboyev.
Shaharning har bir hududida, chekka joylarda qulaylik yaratish uchun diler shoxobchalari ochilgan. Namangan viloyatida hozirda 325tadan ortiq dilerlik nuqtalari mavjud. Xizmatlari sifatini yanada yaxshilash uchun sotuv nuqtalari savdo vakillari tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinadi va operatorlar bilan o‘quv ishlari olib boriladi.
Karantin paytida Namangan ofisida barcha profilaktik choralar-tadbirlar ko‘rilmoqda. Har bir xodimga antiseptik vositalari, niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kiyimlari kunda individual ravishda tarqatiladi.
«Biz abonentlarimiz haqida qayg‘uramiz» — deydi Ucell xodimlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter