Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nafaqa va maoshlarga muqobil ravishda aliment to‘lovlari ham oshadi

Nafaqa va maoshlarga muqobil ravishda aliment to‘lovlari ham oshadi

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga oshirilgan.

Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va budjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

Bu haqda O‘zA Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromovga tayanib ma’lum qilmoqda.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

Ma’lumot uchun, agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring