«MyID» tizimi jiddiy sinovdan o‘tkazildi

«MyID» — raqamli identifikatsiya qilish tizimi Prezident maktablari kirish imtihonlarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda, deb xabar berdi AKT vazirligi.
Qayd etilishicha, «MyID» — raqamli identifikatsiya qilish tizimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida va ilg‘or xorijiy tajriba asosida UZINFOCOM Yagona integratori tomonidan ishlab chiqilgan.
Tizim ishlash jarayonida nomzodning yuz tomonidan arizada ko‘rsatilgan fotosurat bilan qiyosiy autentifikatsiya o‘tkazilmoqda. Bu esa nomzodlarni almashtirish holatlarini va hujjatlarni tekshirish bo‘yicha ko‘p vaqtni tejash imkonini berdi. Mazkur tizim yordamida yuz mingga yaqin nomzodning ma’lumotlari qayta ishlandi.
Ta’kidlanishicha, «MyID» tizimi muvaffaqiyatli ravishda bank sohasida foydalanilmoqda. Hozirgi kunda tizimda 40 mingdan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatga olingan. Sinov davrida (joriy yilning may-iyul oylarida) tizim orqali 86,8 mingdan ortiq so‘rovnomalar qayta ishlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter