Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murojaatlarga befarq qaragan ayrim mas’ullarga chora ko‘rildi

Murojaatlarga befarq qaragan ayrim mas’ullarga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida tadbirkorlik subektlari bilan doimiy ravishdauchrashuvlar  tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganib borilmoqda.

Jumladan, mahalliy xokimliklar tomonidan O‘zbekiston Prezidentining PF-178-sonli  Farmoni bilan joriy etilgan «Tadbirkor virtual ofisi»  orqali yuborilgan murojaatlarni  ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga rioya etilishi o‘rganildi.

Bu haqda Vakil devoni matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l va Yuqorichirchiq tuman hokimligi mas’ullari tomonidan 15 dan ziyod  murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga rioya etilmaganligi aniqlanib, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring