Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vaziri o‘rinbosari uchta viloyatda sayyor qabullar o‘tkazadi

Mudofaa vaziri o‘rinbosari uchta viloyatda sayyor qabullar o‘tkazadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 29—31-may kunlari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari xamda harbiy pensionerlarning muammolari, talab, taklif va extiyojlarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda, deyiladi xabarda.

Sayyor qabullar soat 10.00 dan 16.00ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi:

  • 29-may kuni – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi viloyat Yoshlar markazida;
  • 30-may kuni – Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;
  • 31-may kuni – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi viloyat Yoshlar markazida.

Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari ham jalb etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring