Mosbirja o‘zbek so‘mi bilan savdo qilishni boshlaydi
Moskva birjasi «o‘zbek so‘mi — rossiya rubli» (UZS/RUB) valyuta juftligida savdolarni boshlaydi.
O‘zbek valyutasi bilan savdolar 12-sentyabrdan boshlanadi, deyiladi birja xabarida.
Avvalroq an’anaviy dollar — rubl, yevro — rubl, yevro — dollar qatoriga yuan — rubl valyutalar juftligi qo‘shilgandi.
Iyun oyidan bularning qatorini ushbu valyuta juftliklari to‘ldirgandi: janubiy afrika rendi — rossiya rubli (ZAR/RUB); AQSh dollari — janubiy afrika rendi (USD/ZAR); arman drami — rossiya rubli (AMD/RUB); AQSh dollari — arman drami (USD/AMD).
Bu holat ushbu valyutalarda tashqi savdo kengaygani bilan izohlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter