Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Foto: «Google.com»

Hukumat qarori (402-son, 15.05.2019 y.) bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Qo‘mita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’yektlari ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qo‘mita Bosh vazirga hamda ayrim masalalar bo‘yicha Prezidentga bo‘ysunadi.

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Qo‘mita tarkibiga kiradi.

Qo‘mita xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi.

Qo‘mita mulkchilik shaklidan qat’i nazar monopoliya sohasida tadbirkorlar faoliyatini tekshiradi.

Qo‘mita raisi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Hukumat tomonidan doimiy ravishda Qo‘mita faoliyatining samaradorligi baholanib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring