Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-15-sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident axborot xizmati rhbari Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Sammitda hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan. Ulardan eng muhimi davlat rahbarlarining yakuniy deklaratsiyasi bo‘lishi aytilmoqda.
Rasmiy bildiruvga ko‘ra, sammit doirasida mintaqada iqlim o‘zgarishlari masalasi, jumladan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ham ishtirok etadi. Mazkur majlis yakunlari bo‘yicha ham bir qancha qarorlar imzolanishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avvalgi sammiti 2022-yil 21-iyul kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu formatdagi maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi esa 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter